“Oʻzagroinspeksiya” maʼlum qilishicha, 2024-yilning avgust oyida jami 195 ta holatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 274 gektar yer maydonlarida yerga oid qonunbuzarlik holatlari qayd etilgani aniqlangan.
Shundan sugʻoriladigan 127 gektar yerlarda, 83 gektar lalmi yerlarda, 2,4 gektar boʻz yerlarda, 62 gektar yaylov yerlarda qonunbuzarlik holatlari qayd etilgan boʻlib, buning oqibatida yerlarning oʻzboshimchalik bilan qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilishiga sabab boʻlgan.
Qonunbuzarlarga nisbatan jami 76 milliard 916 million soʻm miqdorida qishloq xoʻjaligiga yetkazilgan zarar hisoblangan. Eng koʻp qonunbuzilish holatlari viloyatlar kesimida olib qaralganda Andijon (30 ta holatda), Qashqadaryo (43 ta holatda), Namangan (41 ta holatda), Samarqand (29 ta holatda), Surxondaryo viloyatlarida (19 ta holatda) aniqlangan.
Aniqlangan yer qonunbuzarlik holatlaridan 109 tasi prokuratura organlariga, 47 tasi esa IIV hududiy boʻlinmalariga chora koʻrish uchun, 42 ta holatda boshqa tashkilotlarga, 8 ta holatda yerdan foydalanuvchilarga ogohlantirish xatlari yuborilgan.