Qayd etilishicha, “Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent“ yoʻnalishi boʻyicha ATR-72-600 samolyotlarida muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta – chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Viloyat aeroportida aerodromning sunʼiy yuzalarida, yaʼni uchish-qoʻnish yoʻlagi, burilish yoʻlakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital taʼmirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan soʻng aeroport 29-aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qildi.
Bir oy ichida 1100 kvadrat metr maydon va soatiga 100 nafargacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega yangi terminal qurish boʻyicha barcha ishlar yakunlandi. Bugun Sariosiyo aeroporti muntazam reyslarni amalga oshira boshlab, ilk yoʻlovchilarini qabul qildi.
Eslatib oʻtamiz, Sariosiyo aeroporti 2005-yilda fuqaro aviatsiyasi uchun yopilgan boʻlsa, oradan 20-yil oʻtib yana yoʻlovchilarni qabul qila boshladi. Havo bandargohi soʻnggi yillarda oʻz faoliyatini tiklagan beshinchi mintaqaviy aeroportga aylandi. Avvalroq Moʻynoq, Qoʻqon, Shahrisabz va Zomin aeroportlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan edi.








