Qayd etilishicha, Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.
- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent — Jidda yoʻnalishidagi HY5343 reysi soat 6:18 da Toshkent aeroportiga qaytib qoʻndi;
- “Fly Dubai” aviakompaniyasining Toshkent — Dubay yoʻnalishidagi FZ1942 reysi mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qoʻndi.
Shuningdek, “Air Cairo” aviakompaniyasining Olmaota — Sharm-ash-Shayx yoʻnalishi boʻyicha SM882 reysi (07:46) va “Qatar Airways” aviakompaniyasining Seul — Doha yoʻnalishi boʻyicha QR8985 reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi.
Parvozlar holati haqida batafsil maʼlumot olish uchun aviatashuvchiga murojaat qilish mumkin. Centrum Ayir aviakompaniyasining Toshkent – Doha yoʻnalishi boʻyicha S63341 reysi uchish aeroportida kechiktirildi. Yoʻlovchilar vaqtinchalik terminalga joylashtirildi.








