Ertalabki nonushta foydalimi?

    Avstraliyalik diyetologlar oʻtkazgan tajriba buni rad etyapti

    Diyetologlar va sogʻlom ovqatlanish tarafdorlari koʻp yillardan buyon eng muhim ovqatlanish ertalabki nonushtadir. Ertalab toʻyib ovqat yeyish insonga kuch beradi va kun boʻyi toʻq tutadi deb kelishardi. Ammo avstraliyalik diyetologlar oʻtkazgan tajriba bu gaplarni rad etyapti.

    13 bosqichdan iborat tadqiqot juda sodda va favqulodda samarali boʻldi. Har bir bosqichda bir guruh odamlar ertalab nonushta qilmadi, ikkinchi guruh odamlar esa toʻyib ovqat yedi va har biri oʻz ishi bilan shugʻullandi.

    Natija shu boʻldiki, ertalab toʻyib olganlar och ishga ketganlarga qaraganda bir baravar koʻp ovqat yeyishdi. Ularning ishtahasi ham karnay boʻldi. Eng muhimi, ertalab ovqat yemaganlar yeganlarga nisbatan tezroq ozishdi.

    Bu tajribadan soʻng mutaxassislar shunday xulosa kelishdi: ertalab ovqatlanish kuchli boʻlishda ham, ozishda ham katta rol oʻynamaydi. Ularning taʼkidlashicha, har bir inson organizmi oʻziga xos xusiyatga ega. Agar siz ertalab toʻyib ovqatlanishni xohlamayotgan boʻlsangiz, demak u organizmingizga kerak emas.