Bungacha oroldagi o'rmon yong'inlari tufayli havo bandargohi faoliyati bir necha haftaga cheklangan edi. Kataniya aeroporti 91 ta yo'nalishga xizmat ko'rsatadi, jumladan, 24 tasi Italiya ichida.

Mamlakat Geofizika va vulqonologiya milliy instituti mutaxassislari ayni damda Etna janubi-sharqiy kraterida harakatga kelganini qayd etdi.

Etna Yevropadagi eng yuqori faollikka ega vulqon hisoblanadi (3328 metr). Vulqon yonbag'irlarida ko'plab kraterlar mavjud bo'lib, ular orasida faol va harakatsizlari ham bor. Birgina 1950-yildan buyon u bir necha o'nlab marta otildi. Vulqon UNESCOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan, deb xabar beradi mir24.tv.