Ehtiyojlarni baholash missiyasi odatda muayyan saylovlar boshlanishidan bir necha oy oldin mamlakatdagi saylovoldi holatini, shu jumladan, saylovga tayyorgarlikni baholash maqsadida yuboriladi. YEXHT DIIHB tomonidan saylovni kuzatish toʻgʻrisidagi qaror Missiya ishining natijasida berilgan tavsiyalarga koʻra qabul qilinadi. Missiya tomonidan shuningdek saylovlarni kuzatish boʻyicha talab qilinadigan tadbirlarning turi, shakli, davomiyligi va hajmi yuzasidan ham tavsiyalar beriladi.

Tashrif doirasida Missiya ekspertlari qator vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashishi rejalashtirgan, deb xabar beradi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.