Unda mazkur tuzilma doirasida hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, qonunchilik jarayonini takomillashtirish va parlament nazoratini amalga oshirishda Parlament Assambleyasi bilan aloqalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

P. Kauma Oʻzbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va tashkilot oʻrtasida jadal rivojlanayotgan munosabatlarni yuqori baholadi va qoʻllab-quvvatladi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston rahbariyatining xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ochiq siyosati tufayli ikki tomonlama munosabatlarda katta yutuqlarga erishildi.

P.Kauma saylovlarni kuzatish missiyalarini tashkil etish masalalarida ushbu tuzilma va Oliy Majlis oʻrtasidagi ishlarni muvofiqlashtirish muhimligini qayd etdi. U demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirishda Oʻzbekistonga har tomonlama yordam berishi, shuningdek, respublika parlamenti faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

P.Kauma Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar ketayotgan mintaqadan ayol va bolalarni qaytarish boʻyicha “Mehr” gumanitar operatsiyalari natijalarini yuqori baholadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.