Quvonarlisi, bunda FarDU taʼlim yoʻnalishlarida 1575 ball, shuningdek, chiqindilarni yoʻnaltirish boʻyicha 1500 ball bilan Oʻzbekiston boʻyicha 1- va 2-oʻrinni egalladi.
Fargʻona davlat universitetining bunday yuqori natijalarni qisqa muddatda qoʻlga kiritishida universitet rahbariyati va professor-oʻqituvchilarining hissasi katta. Shuningdek, FarDUning UI Greenmetric reyting tashkiloti bilan muntazam olib borgan muloqoti ham juda katta samara berdi.
Maʼlumot uchun, “UI Green Metric World University Ranking” reytingi universitetlarni quyidagi 6 ta asosiy mezon boʻyicha baholaydi:
Infratuzilma
Universitetning ekologik barqarorlikka qaratilgan umumiy infratuzilmasi, yashil hududlar miqdori va sifatiga asoslanadi.
Energiya va iqlim oʻzgarishi
Energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, karbonat chiqindilarni kamaytirish, hamda iqlim oʻzgarishiga moslashuv choralariga qaratilgan.
Chiqindilarni qayta ishlash
Universitetning chiqindilarni qayta ishlash va ularni kamaytirishga oid tashabbuslari, chiqindilarni ajratish tizimi va barqaror chiqindi boshqaruv strategiyalari.
Suv resurslari
Suv tejash, qayta foydalanish, suvni ifloslanishdan himoya qilish va boshqa suv resurslarini samarali boshqarish yoʻnalishlaridagi faoliyati.
Transport
Universitet hududida yashil transport tizimining joriy etilishi, transportdan foydalanishda ekologik zararlarni kamaytirish va barqaror transport siyosati.
Taʼlim va tadqiqotlar
Barqaror rivojlanish va ekologik muammolarni yorituvchi taʼlim dasturlari va tadqiqotlar darajasi. Bu, shuningdek, universitetning ushbu yoʻnalishdagi xodimlari va talabalarining faoliyatini ham oʻz ichiga oladi.
Ushbu mezonlar universitetlarning global ekologik va barqarorlik darajasini baholash uchun muhimdir. Har bir mezon boʻyicha yigʻilgan ballar universitetning umumiy reytingini belgilaydi.