O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buvayda tumani “Yangi qo‘rg‘on” shaharchasida yashovchi T.D Qo‘qon shahar hamda Dang‘ara tumaniga tutash A 373 “Toshkent-Farg‘ona” katta yo‘li yoqasida 1 kg “gashish” giyohvandlik moddasini 13 000 AQSH dollori evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.