баннер
16 Mar 2025
07:38

    Fargʻonada milliy brend asosida traktorlar ishlab chiqariladi

    Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Yuan Yanpin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.

    Uchrashuvda Quvasoy shahridagi sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 100 mln dollar boʻlgan, birinchi bosqichda 30 mln dollar sarflanishi koʻzda tutilgan traktorlar ishlab chiqarish loyihasini boshlash masalasi muhokama qilindi.

    Xitoylik hamkorlar bilan Fargʻona traktor ishlab chiqarish korxonasi roʻyxatdan oʻtkazildi. Joriy yilning yakuniga qadar “Tulpor” milliy brendi asosida bir nechta rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi. Korxona tom qismiga 2 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari oʻrnatiladi va mustaqil oʻzini elektr bilan taʼminlaydi.

    Ikki bosqichli loyihaga koʻra, birinchi bosqichda traktorlar ishlab chiqaruvchi zavod quriladi va keyingi bosqichda butlovchi qismlar tayyorlash va texnik xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida Smart texnologiyalardan foydalaniladi. Traktorlar mahalliy va xorijiy xaridorlarga yetkazib beriladi.

    Dastlabki bosqichda 250 ta ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech