Farg'onadagi “Uz-Segang” meva-sabzavotchilik klasteri

    Investitsiyalar 7 Iyun 2020 3160

    Bir yilda 16 ming tonna mahsulot eksport qilish imkoniyatiga ega

    Mamlakatimizda oziq-ovqat ekinlari maydonini kengaytirish, yangi intensiv bog'lar barpo etish, meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil qilish ishlari yaxshi samara berib, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, xususan, meva-sabzavot etishtirish va eksport hajmining yil sayin ortishiga xizmat qilmoqda. Natijada serquyosh yurtimizda etishtirilayotgan ekologik toza, sarhil meva-sabzavotlar nafaqat mahalliy bozorlarimiz, balki xorijda ham o'z xaridorlarini topib, talabgir mahsulotlar qatoridan joy olyapti.

    Ayni paytda respublikamizning barcha hududlarida bog'dorchilik sohasi keng rivojlanmoqda. Ayniqsa, bu borada katta tajriba maktabiga ega Farg'onada etishtirilayotgan meva-sabzavotlar ko'plab chet davlatlarga eksport qilinyapti. Ma'lumotlarga ko'ra, viloyatda joriy yilda fermer va qishloq xo'jaliklari korxonalarining 30,5 ming gektar maydonlariga ekin ekilgan bo'lib, ularning 13,9 ming gektari sabzavot, 3,9 ming gektari poliz, 5,4 ming gektari kartoshka, 4,3 ming gektari dukkakli hamda 3 ming gektari moyli ekinlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Bu yil meva-sabzavotchilik korxonalari tomonidan 288 ming tonna mahsulot etishtirilib, 120 ming tonnasini eksportga yo'naltirish rejalashtirilgan. Buning uchun sig'imi 330 ming tonnadan ortiq bo'lgan muzlatkichli omborxonalar, 25 ta logistika markazi, 90 ta qayta ishlovchi korxona faoliyat ko'rsatmoqda.

    Prezident SHavkat Mirziyoev 5 iyun` kuni Farg'ona viloyatiga qilgan tashrifi davomida ana shunday yirik meva-sabzavotchilik klasterlarida bo'ldi. Davlatimiz rahbari Toshloq tumanidagi mas'uliyati cheklangan jamiyat ko'rinishidagi “Uz-Segang” Koreys-O'zbek qo'shma korxonasidagi ish jarayoni bilan tanishdi.

    Koreyaning “Segang International” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur korxonaning tamal toshi 2018 yilda qo'yilgan edi. 2,5 gektar maydonda olib borilgan qurilish ishlaridan so'ng 2019 yilning may oyidan meva-sabzavot va dukkakli o'simliklarni qayta ishlashga mo'ljallangan zamonaviy korxona o'z faoliyatini boshladi. Hozirda ushbu kompaniyada 250 nafar yigit-qiz ish bilan ta'minlangan.

    – Korxona ishga tushirilgan ilk oylarda faqat gilosni qayta ishlab, SHarqiy Osiyo davlatlariga eksport qilardik, – dedi kompaniya rahbari Xurshid Normatov. – Sentabr` oyida klaster tizimiga o'tganimizdan so'ng faoliyatimiz yanada kengaydi. Hozirda barcha turdagi meva-sabzavotlarni qayta ishlayapmiz. Korxonamizga qo'shni viloyatlar fermerlari biriktirilishi natijasida bugunga qadar 40 dan ortiq dehqon va fermer xo'jaliklari bilan meva-sabzavot etkazib berish bo'yicha hamkorlik shshartnomalari imzoladik. Biroq korxona ish hajmi yuqori bo'lgani bois, ba'zan mahalliy aholidan ham mahsulotlar olishimizga to'g'ri keladi. Dalalardan olingan meva-sabzavotlarni qayta ishlash tsexiga sifatli etkazish uchun maxsus muzlatgich mashinalarimizda sovitib olib kelinadi. Buning uchun 9 ta muzlatgich mashina, danakli mahsulotlarni sovutishga mo'ljallangan eng zamonaviy texnikalarimiz mavjud.

    Korxonada qayta ishlash jarayonidan so'ng mevalarga ishlov beriladi. Bu jarayon muvaffaqiyatli yakunlangach esa danakli mevalar, xususan, gilos hajmiga ko'ra ajratiladi. So'ng katta hajmdagi giloslar SHarqiy Osiyo va Evropa malakatlariga, maydalari esa MDH davlatlariga eksport qilinadi.

    Bu erda gilos va anorning rangi, kattaligi bo'yicha saralab qadoqlaydigan ilg'or texnologiyalar ham bor. Ular Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoydan keltirilgan. Masalan, Italiyaning ICEOL texnologiyasi gilosni rangi va kattaligi bo'yicha saralab qadoqlaydi. Sifatsizlarini lazer nuri orqali aniqlab, alohida joylaydi. Janubiy Koreyadan keltirilgan SNP liniyasi esa anorni xuddi shunday saralaydi. Ushbu texnologiyalar mevaning ichidagi pishmagan yoki chiriy boshlagan qismini aniq ko'rsatish imkoniyatiga ham ega.

    Korxona mahsulotlari “Global G.A.P” xalqaro sertifikatiga ega bo'lib, bu erda yiliga 16 ming tonnadan ko'proq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish imkoniyati mavjud. Joriy yilda Xitoy, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Pol`sha, Rossiya, Kozog'iston kabi davlatlarga 20 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

    Mahsulotlar Farg'ona aeroporti orqali eksport qilinmoqda

    Avvallari viloyatdagi fermer xo'jaliklari, jumladan, “Uz-Segang” korxonasi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chet mamlakatlarga Toshkent xalqaro aeroporti orqali eksport qilardi. Bu ortiqcha vaqt va xarajat talab etgani bois, tashkilotchilarga bir qator qiyinchiliklar tug'dirib kelgan. Ana shunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida qo'shma korxonada 100 milliard so'm evaziga zamonaviy logistika markazi tashkil etilgan. Innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur omborxona nafaqat uning egalari, balki boshqa korxonlar mahsulotlarini ham sifatli saqlashga xizmat qilmoqda.

    Biroq yanada quvonarlisi, uzoq yillardan buyon ilk bor Farg'ona mahsulotlarini viloyat aeroporti orqali eksport qilish yo'lga qo'yildi. Bu imkoniyat “Uz-Segang” kabi yirik korxonalarning ko'nglidagi ish bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Qisqa vaqt ichida qo'shma korxona Farg'ona aeroporti orqali Janubiy Koreyaga charter reyslarda 3 marta 52 tonnadan mahsulot eksport qilishga ulgurdi. Prezidentimizning korxona faoliyati bilan tanishish jarayonida uni xomashyo bilan ta'minlash, unga yaqin hududdagi bog'larni biriktirish, yangi bog'lar va laboratoriya tashkil etish bo'yicha bergan ko'rsatmalari kompaniya oldiga yangi maqsad va vazifalarni qo'ydi.

    – Ochig'i, davlatimiz rahbarining korxona kelajagiga katta ishonch bildirib, uni yanada kengaytirish bo'yicha bergan tavsiya va ko'rsatmalari bizni yangi marralar sari ruhlantirdi, – dedi Xurshid Normatov. – Ayni paytda korxona tarkibida 200 gektar bog'imiz bor. Ammo ishlab chiqarish va eksport hajmini inobatga olsak, bu juda kam hudud. Prezidentimiz sifatni kafolatlash uchun mevalarni etishtirishdan to boshqa davlatlarga etkazib bergungacha bo'lgan jarayonni korxonaning o'zi qamrab olishi, buning uchun erlarimizni 5 ming gektargacha kengaytirish va intensiv bog'larni ko'paytirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi. SHuningdek, Farg'ona aeroporti oldidan 2 gektar er ajratib, u erda mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur sharoit yaratish kerakligini ta'kidladi. Uzoqni ko'zlab aytilgan ushbu tavsiyalar haqiqatan, eksport hajmining ortishi va O'zbekiston meva-sabzavoti yanada ko'proq davlatlarga etib borishiga xizmat qiladi.

    Ayni paytda korxona rahbariyati o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan. Mavjud er maydonlarini kengaytirib, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish, quyosh nurida pishib-etilgan totli mahsulotlarimizni nafaqat SHarqiy Osiyo va Evropa davlatlari, balki dunyoning boshqa mintaqatlariga etkazish rejalashtirilgan. SHuningdek, qo'shma korxona faoliyatini yanada kengaytirish, uning boshqa viloyatlarda filiallarini ochish va bu orqali yangi ish o'rinlarini yaratish ham ko'zda tutilgan.

    Iroda TOSHMATOVA,

    “YAngi O'zbekiston” muxbiri