Hodisa Atlantika okeani sohilidagi Pompano-Bich shahrida yuz berdi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, qo'shni shahardan kelib tushgan chaqiriqdan keyin harakatlangan vertolyot turar-joy binosi ustiga qulab tushgan.
Brovard okrugi sherifi ma'lumotlariga ko'ra, bortdagi shifokor halok bo'lgan, ekipajning ikki a'zosi kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, yerda yana ikki kishi jarohatlangani aniqlandi, deb xabar beradi mir24.tv.