Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 16, 17 va 28-moddalari hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi qonunining 11-moddasi talablarining ijrosini taʼminlash maqsadida, yaʼni foydalanishda boʻlgan avtotransport vositalarining ekologik xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan vazifalarni bajarish ustidan davlat nazoratini olib boruvchi maxsus vakolatga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, foydalanishda boʻlgan avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib borish yoʻnalishida mamlakatimiz miqyosida “Toza havo” oyligining oʻtkazilishi boʻyicha 2019-yil 19-martda Davlat ekologiya qoʻmitasining 03-02/2-1454-son va Ichki ishlar vazirligi tomonidan 24/3-7406-son bilan tasdiqlangan qoʻshma koʻrsatmaga asosan, respublika miqyosida “Toza havo” oyligining 1-bosqichi joriy yilning 10-apreldan 10-mayiga qadar 2-bosqichi joriy yilning 10-avgustdan 10-sentyabriga qadar oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida qoʻmitaning barcha hududiy boʻlinmalariga tegishli topshiriqlar yuborilishi taʼminlandi.

Hududiy boʻlinmalardan olingan hisobotlarning sarhisobiga koʻra, “Toza havo” oyligining I va II bosqichi davomida jami 270344 ta avtotransport vositalari ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdoriga oʻlchash asboblari yordamida ekologik nazoratdan oʻtkazilishi taʼminlangan.

Avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish maqsadida mamlakatimiz miqyosida 2021-yilning 10-aprelidan 10-mayiga qadar “Toza havo” oyligining I-bosqichida

tekshirilgan avtotransport vositalari soni - 125 448 ta,

toksiklik darajasi va tutun miqdorining oshishi - 4846 ta,

belgilangan meʼyorlarga keltirish uchun vaqtincha toʻxtatilgan avtotransportlar soni - 1431 ta,

toksiklik darajasi va tutun miqdori oshishi kuzatilgan avtotransport vositalari - 4%,

belgilangan jarimalar, haydovchi soni -1215 tani tashkil qiladi.

“Toza havo” oyligining II bosqichida:

tekshirilgan avtotransport vositalari soni - 144 896 ta,

toksiklik darajasi va tutun miqdorining oshishi - 4267 ta,

belgilangan meʼyorlarga keltirish uchun vaqtincha toʻxtatilgan avtotransportlar soni - 1613 ta,

Toksiklik darajasi va tutun miqdori oshishi kuzatilgan avtotransport vositalari - 3%,

belgilangan jarimalar, haydovchi soni -834 tani tashkil qiladi.

“Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi Toshkent shahrida joriy yilning 10-sentyabridan 10-oktyabrga qadar oʻtkaziladi.

A. KALIMBETOV,

Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi