“Uzbekistan Airways” AJning 15-sentyabr kuni rejalashtirilgan Frankfurt—Toshkent yo'nalishi bo'yicha reysi bekor qilingan edi. Bunga samolyotda yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo'lgan. Hozirda barcha yo'lovchilar Frankfurt shahridagi mehmonxonaga joylashtirilgan, deb xabar bermoqda kompaniya axborot xizmati.

Shu bois, aviakompaniya yo'lovchilar uchun qo'shimcha qatnov joriy etilganini ma'lum qildi.

Bildirilishicha, 16-sentyabr kuni quyidagi vaqtlarda HY-8231/8232 Toshkent—Frankfurt—Toshkent yo'nalishida qo'shimcha qatnov amalga oshiriladi.

Toshkentdan jo'nab ketish: 15:00

Frankfurtga yetib borish: 18:20

Frankfurtdan jo'nab ketish: 20:00

Toshkentga yetib borish: shanba kuni 04:30.