Frantsiya sog'liqni saqlash vaziri Oliv`e Veran Pais nashriga bergan interv`yusida, koronavirus bilan kasallanish holatlari ko'payishi sababli chegaralarni qayta yopilishi mumkinligini istisno qilib bo'lmasligini aytdi.
Avvalroq Frantsiya hukumati fuqarolarga Ispaniya Kataloniyasiga u erdagi epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli bormasliklarini tavsiya qilgan edi.
“Oldindan hech narsani istisno qilib bo'lmaydi”, — dedi Veran chegaralarni qayta yopish ehtimoli haqida gapirib. “Bir kun ichida biz ma'lum joylarda, ayniqsa Frantsiya va Germaniya bilan chegaradosh hududlarda nazoratni kuchaytirdik. O'zaro kelishuv tamoyiliga amal qilish, muloqotni rivojlantirish, ma'lumot almashish va zarur bo'lsa, chora-tadbirlar to'g'risida kelishib olish kerak”, — dedi vazir.
Veran qayta izolyatsiyalashning “ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik” qiymati juda yuqori bo'lishini qo'shimcha qildi.
Avvalroq xabar qilinganidek, Frantsiyada bir kun oldin koronavirus infektsiyasining mingdan ortiq yangi holati aniqlangani, 10 ta yangi infektsiya o'choqlari qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi infektsiyaning ko'payishiga sabab ehtiyot choralariga rioya qilmaslik, deb hisoblamoqda.
Jons Xopkins universiteti ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda 216,7 mingta koronavirus holati qayd etilgan, 30,1 ming kishi vafot etgan.