Musobaqaning “B” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 1-turda Turkmaniston darvozasiga javobsiz 8 ta toʻp kiritdi.

“Saad Al Abdullah Hall” sport majmuasida kechgan uchrashuvda Mashrab Odilov va Ixtiyor Ropiyev dublga erishgan boʻlsa, Davron Choriyev, Dilshod Rahmatov, Shahram Faxriddinov va Akbar Usmonovlar oʻz hisoblariga bittadan gol yozdirib qoʻyishdi.

Eslatib oʻtamiz, guruhning ikkinchi oʻyinida Bahrayn va Tojikiston oʻzaro bahs yuritishadi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz 2-turni 29-sentyabr kuni Tojikiston termasiga qarshi oʻtkazadi.