Tuman hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi bog‘ning nomi o‘zgargani bo‘yicha bildirilgan e’tirozlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bu borada Chilonzor tumani hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi Botir Rasulov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘ning nomlanishiga rasman o‘zgartirish kiritilmagan. Bog‘ nomini o‘zgartirish haqida Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi nomiga ariza kelib tushmagan. Bu borada jamoatchilik fikri ham e’tiborga olinishi, bog‘ oldin atalgan nomi G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ bo‘lib qolishi ta’kidlangan.