Maui okrugi meri Richard Bissenning aytishicha, olti kishi jarohatlandi va ular kasalxonaga yotqizildi. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, qurbonlar soni ortishi mumkin.

AQSh Prezidenti Jo Bayden Gavayidagi federal agentliklarga o'rmon yong'inlarini o'chirishda yordam berishni buyurdi, deb xabar beradi mir24.tv.