Endilikda Android telefoningiz qayerda yashashingizdan qatʼiy nazar, zilziladan ogohlantirish tizimiga aylanishi mumkin. Qurilmangiz mini seysmometr tarzida dunyodagi kuchli zilzilalarni aniqlash tarmogʻiga ulanadi, deyiladi kompaniya bayonotida.
Unda aytilishicha, har bir smartfonga signallarni qayd etuvchi kichik akselometr oʻrnatiladi va u yaqin hududdagi yer qimirlashidan boxabar qiladi. Bu signallar maʼlum bir joyda zilziza bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun turli xil smartfonlardan maʼlumotni yigʻuvchi maxsus xizmatga yuboriladi.