Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va “Beshta muhim tashabbus” ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tadbir doirasida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan turli koʻrgazmali chiqishlar, shahar madaniyat boʻlimi tomonidan konsert dasturi tashkil etildi.

Vatanparvar oʻquv markazi tomonidan sport mashinalari koʻrgazmasi namoyish etildi. Tadbirda 520 nafar yoshlar qatnashdi.