25-27-noyabr kunlari harorat asosan kechalari +2...+7 daraja iliq, kunduz kunlari +15...+20 darada iliq, janubda kechalari +7...+12 daraja iliq, kunduz kunlari +17...+22 daraja iliq atrofida boʻladi.
Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari -2...-7 daraja sovuq boʻladi, kunduz kunlari esa harorat +7...+12 daraja iliqdan oshmaydi.
Ushbu kunlarda respublika boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida 26-noyabr kuni kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi boshlanadi.
28-29-noyabrda respublikaning koʻpchilik viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va 28-noyabrda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.
Yomgʻir yogʻishi iliq ob-havoda kuzatiladi, 28-noyabrda harorat kechasi +7...+10 daraja iliq, kunduzi +17...+20 daraja iliq atrofida boʻladi. 29-noyabrda haroratning pasayishi boshlanadi, kunduz kungi harorat +10...+13 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushadi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
28-noyabrda Toshkent viloyatining togʻli hududlarida, 28-29-noyabrda respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Poytaxtimizda: 25-28-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +4...+7 daraja iliq, 28-noyabrda +7...+10 daraja iliq, kunduz kunlari +17...+20 daraja iliq boʻladi.
29-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi +7...+10 daraja iliq, kunduzi +10...+13 daraja iliq boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.