“Hammangizga rahmat, qizim ancha oʻziga kelib qoldi”

    Ilm-fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyondalaridan iborat Madaniyat karvoni tushkunlikka tushgan insonlar koʻnglini koʻtarishga ham xizmat qilyapti.

    “Madaniyat karvoni”ning navbatdagi manzili Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Namangan viloyat filiali boʻldi. Bu yerda Markaz rahbari, senator Minhojiddin Mirzo boshchiligidagi ilm-fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyondalaridan iborat guruh ogʻir

    xastaliklarni boshidan kechirgan, sogʻliq uchun kurashib, sabru matonat koʻrsatayotgan insonlarga dalda berishdi.

    — “Hammangizga rahmat, — deydi keksa ona Mahbuba Valiyeva. — 34 yashar qizim koʻkrak saratoni kasalligidan aziyat chekib, butunlay tushkunlikka tushib qolgandi. Uyda ikki nafar bolasi chirqiraydi. Nima qilishimizni bilmay sarosimaga tushib qolgandik. Xayriyatki, taniqli olima Jamila Shermuhammedovaning qimmatli oʻgit va nasihatlaridan qizim ancha oʻziga kelib qoldi. Toʻshakka mixlanib qolgandi, turib ovqatini oʻzi yeya boshladi, yashashga ishonchi ortib, bizgayam umid uygʻotdi. Hech qaysi ona farzandi uchun kuyinmasin!!”

    Ushbu loyiha “Inson qadri uchun!” deb nomlangan boʻlib, mehrga muhtoj, biron sabab bilan qiyinchilikka uchragan hamyurtlarimizga yaqindan koʻmak berishni koʻzda tutadi. Zero, biz — hammamiz yagona bir oilamiz, oramizda begona yoʻq!

    Namangan viloyatiga yetib kelgan, Toshkentdan tashrif buyurgan “Madaniyat karvoni” mukarramu mushfiq koʻngillarga umid va ezgulik ulashishda davom etadi.