Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Manaviyat va marifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 3-15-dekabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “TAMADDUN, MADANIYAT VA MARIFAT” mavzusida “Marifat karvoni” loyihasi tashkil etiladi.
Loyiha doirasida barcha hududlarda “Yangi Oʻzbekistonda maʼnaviy, diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari” mavzusida ziyolilar forumi, “Yangi Oʻzbekiston – islohotlar falsafasi” nomli anjuman, ilgʻor, faol yigit-qizlar ishtirokida “Zamonaviy yoshlar – taraqqiyot drayveri” mavzusida ilm-fan va innovatsiyalarga bagʻishlangan mahorat darslari, shuningdek, “Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomi taqdimoti kabi turli tadbirlar oʻtkazilishi kutilyapti.