- Sadriddin Bavabekovich Eshonqulov  -  sudyalik vakolati muddati davriga Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimiga;

- Abduhalim Abduraimovich Ahmedov – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;

- Toʻrabek Abdurovubovich Qodirqulov -  sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati maʼmuriy sudining  raisi lavozimiga;

- Gʻolibjon Sayitjonovich  Davlatov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati  maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;

- Alisher Abdurashidovich Abdurahmonov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Fargʻona viloyat sudi raisining oʻrinbosari – iqtisodiy ishlar  boʻyicha sudlov hayʼati raisi  lavozimiga tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan yozma arizalariga asosan, Buxoro viloyat  maʼmuriy sudining raisi  S. Tursunov va Fargʻona viloyat sudi raisining oʻrinbosari – iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi A.  Madaminov  egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.