“Biz hodisa sabablarini va bunga javobgar shaxslarni aniqladik. Bu elektron qulflashning o'zgarishi tufayli sodir bo'ldi”, — dedi vazir.

Yo'l harakati xavfsizligi tizimiga kiruvchi elektron qulflash tizimida nima sababdan o'zgarishlar yuz berganiga vazirlik rahbari aniqlik kiritmadi.

O'tgan hafta juma kuni Odisha shtatining Balasore shahri yaqinida tezyurar poyezdning bir nechta vagonlari relsdan chiqib ketib, qo'shni yo'lda ketayotgan yuk poyezdiga borib urilgan. Shundan so'ng ag'darilib ketgan vagonlar bilan qarama-qarshi holatda harakatlanib kelgan yo'lovchi poyezdi to'qnashib ketgan. Kamida 288 kishi halok bo'ldi. Odisha shtatida motam e'lon qilindi, deb xabar beradi mir24.tv.