Hodisa Maxarashtra shtatida yuz berdi. Hodisa quruvchilar ko'prik tipidagi kranni boshqarayotgan vaqtda sodir bo'lgan. Bu yo'llar, ko'priklar, yirik binolar qurilishida ishlatiladigan yirik balkalarni joylashtirishga xizmat qiladigan mashina.

Politsiya qulagan kran vayronalari ostida odamlar bo'lishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Hozirda voqea joyida qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Rasmiylar huquq-tartibot idoralari xodimlarini fojia sabablarini chuqur o'rganishga chaqirdi, deb xabar beradi mir24.tv.