Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkilotining (ISRO) Chandrayan-3 zondi Oyning narigi tomonining yangi suratlarini yubordi. Ular Twitter ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilindi.

Suratlar LHDAC kamerasi tomonidan olingan bo'lib, tadqiqotchilar uning yordamida fazoviy kemaning qo'nish hududi xavfsizligini aniqlaydi.

Avvalroq Hindistonning “Chandrayan-3” stansiyasi Oy orbitasiga muvaffaqiyatli kirib borgani xabar qilingandi, deb xabar beradi korrespondent.net.