Majlisda I. Abdurahmonov qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar I. Abdurahmonov nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga maʻqulladilar.