Ushbu qalʼa Markaziy Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy hisoblanadi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza (Ota darvoza) dan kirilgan.
Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qalʼada. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qadimgi davridan to moʻgʻullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Koʻhna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining shim. sharqiy burchagidagi qadimgi davrga mansub burj va qalʼa devori qoldiqlari saqlanib qolgan.
Wanderlust jurnali tuzgan roʻyxatning oldingi oʻrinlarida Buyuk Britaniyadagi Yorkshire qasri, Fransiyadagi Karkason va Isroildagi Quddus qalʼalari ham bor.