Aniqlanishicha, joriy yilning 7-dekabr kuni soat 13:00larda Paxtaobod tumani, “Muazzimboy” MFY hududida joylashgan “Gumbaz” oshxonasi oldida shu tumaning “Qashqar” MFYda yashovchi 3 opa-singil M.N, M.I va M.A.lar hamda ularga oldindan tanish boʻlgan “Navroʻz” MFYda yashovchi fuqarolar S.S va S.Yu.lar oʻrtasida janjal yuzaga kelgan. Janjalning kelib chiqishiga M.N tomonidan S.Yu.ga haqoratli soʻzlarning aytilganligi sabab boʻlgan.
Mazkur holat Andijon viloyati IIB tomonidan nazoratga olinib, oʻrganish ishlari olib borildi.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB xodimlari tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) tartibida hujjatlar rasmiylashtirib, chora koʻrishlik uchun JIB Paxtaobod tumani sudiga yuborilgan, — deyiladi Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.