Mazkur holat jamoatchilik oʻrtasida turli muhokamalarga sabab boʻldi.

Holatni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi oʻrgandi va tekshiruvlar natijalarini eʼlon qilindi.

Qayd etilishicha, shu yilning 25-yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan istirohat bogʻida, 2006-yilda tugʻilgan M.K. chet el fuqarosiga nosvoy taklif qilgan hamda uni uyatli soʻzlar bilan haqorat qilgan.

Mazkur holat boʻyicha Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan M.K.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi — “Mayda bezorilik” bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborildi, deyiladi xabarda.