Ikki nafar hamkasbimiz TURKSOYning maxsus mukofotiga ega boʻldi

    Marosim doirasida TURKSOYning 2023-yil uchun Media mukofoti va TURKSOYning maxsus mukofoti bizning vakillarimizga ham nasib etdi

    Joriy yilda TURKSOY xalqaro tashkiloti tomonidan “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deya eʼlon qilingan Ozarbayjon Respublikasining Shusha shahri yil davomida turk dunyosi madaniyatini targʻib qilib, turli madaniy tadbirlar oʻtkazib keldi.

    Mazkur shaharning oʻz maqomini yakunlashi munosabati bilan Shushada tashkil etilgan madaniy tadbirda turkiy dunyo madaniyat, sanʼat va OAV vakillari, tarixchi, sanʼatshunoslar jam boʻldi. Xususan, Oʻzbekistondan ham.

    Marosim doirasida TURKSOYning 2023-yil uchun Media mukofoti va TURKSOYning maxsus mukofoti bizning vakillarimizga ham nasib etdi – “Madaniyat” gazetasi bosh muharriri Dilbahor Xudoyberdiyeva hamda “Oʻzbekiston 24” telekanali direktor oʻrinbosari Shunqor Choriyev “2023-yil TURKSOY faoliyatini keng yoritgan jurnalist”lar qatoridan joy oldi.