Turksoyda 2024-yilni "Abdula Qodiriy" yili deb nomlash taklif qilindi

    Ozarbayjonning Boku shahrida TURKSOY tashkiloti ekspertlari yig'ilishi bo'lib  o'tmoqda. 

    O'zbekiston Madaniyat vazirligidan Sarvarbek Foziljonov ishtirok etayotgan mazkur yig'ilish 40-doimiy Kengash Madaniyat vazirlari yig'ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokamasi bilan boshlandi. SHuningdek, yig'ilish kun tartibida bir qator masalalar ko'rib chiqildi.

    Xususan, TURKSOY tashkilotining 2040-yilgacha bo'lgan qarashlari hujjat loyihasi, 2024-yilda rejalashtirilgan tadbirlar rejasi, “TURKSOY elchisi” unvonini berish kabilar yuzasidan o'zaro fikr-mulohaza va takliflar ko'rib chiqildi.

    O'zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan esa Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan 2024-yil tashkilot doirasida “Abdulla Qodiriy” yili hamda 2025-yilda Shahrisabzni “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti” deb e'lon qilish taklifi bildirildi.