Anqara shahrida boʻlib oʻtgan marosimda ijodkorga mukofotni tashkilot Bosh kotibi Sulton Rayev topshirdi.
TURKSOY medali bu — madaniyat va ilm-fan sohalarida turkiy dunyoga sezilarli hissa qoʻshgan shaxslarga taqdim etiladigan nufuzli mukofotdir. U shaxsiy yutuqlarni, madaniy hodisalarni qoʻllab-quvvatlashni hamda madaniyatni rivojlantirishdagi xizmatlarni eʼtirof etadi.
Shuhrat Orif shu yilning may oyida Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida oʻtkazilgan xalqaro sheʼriyat bayramida TURKSOY Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan edi.
Shoirning sheʼrlari ingliz, turk, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turkman, uygʻur tillariga tarjima qilingan.








