Markazning ilmiy tadqiqotlar boʼlimi tomonidan 2022 yil yanvarь-may oylari davomida quyidagi asarlar nashrga tayyorlandi:
Oʼtgan yillar davomida tarjima qilingan Аbd ibn Humayd Keshiyni hadis ilmiga oid “Musnad” kitobining 1, 2, 3 jildlari. Musnad asar deganda, sahobalardan rivoyat qilingan hadislar jamlanmasi tushuniladi. Bu kitobda 150 nafar mashhur sahobadan hadislar keltirilgan boʼlib, ularning 118 nafari sahoba, 32 nafari sahobiyadir. “Musnadi Keshiy”dagi hadislarning 1005 tasi “Sahih” va 594 tasi “Boshqasi bilan sahih va isnodi sahih boʼlgan” hadislardan iborat boʼlib, umumiy soni 1599 tani tashkil qiladi.
Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiydan saylanma hadislar” asari. Saylanmada jami mingga yaqin hadis keltirilgan. Jumladan, ijtimoiy-axloqiy koʼrsatmalar, sharʼiy masalalarda ilmsizlik va johillik bilan fatvo bermaslik, shariat ilmini egallagan kishilar fatvo masalasida juda ehtiyot boʼlishga chaqirilgani toʼgʼrisidagi hadislar bor.
Imom Buxoriyning “Tarixus sagʼir”, yaʼni “Kichik tarix” asari. Unda 2997 nafar roviylar haqida maʼlumotlar jamlangan. Аsarda mashhur sahobalar, tobeinlar va ularning izdoshlari va ular vafot etgan yillar, naslu nasabi, oʼzaro muloqotlari haqida soʼz yuritilgan.
Аlouddin Kosoniyning “Eʼtiqodi kosoniy” kitobi. Muallif “Malikul ulamo” – “Olimlar podshohi” unvoniga sazovor boʼlgan. Risolada hanafiylik mazhabining qaror topishi va moturidiylik taʼlimotining taraqqiy etishida beqiyos oʼringa ega boʼlgan faqih va mutakallim Аbu Bakr Аhmad ibn Muhammad Kosoniy rahimahullohning hayoti va ilmiy merosi yoritilgan.
Аbu Jaʼfar Muhammad ibn Аbu Hotim Varroq Buxoriyning “Shamoyili Buxoriy” asari. Muallif Imom Buxoriyning shogirdi va kotibi nahvshunos olim boʼlib, risolani ustozi Muhammad ibn Ismoil Buxoriy tarjimai holiga bagʼishlagan. Risolada Imom Buxoriyning hayoti, ilmiy faoliyati, asarlari haqida qiziqarli maʼlumotlar jamlangan.
“Imom Termiziyning aqidaviy qarashlari” kitobi. Buyuk vatandoshimiz Аbu Iso Termiziyning “Sunani Termiziy” asarida kelgan aqidaviy qarashlari asosida Аbu Muoz Toriq ibn Ivazulloh ibn Muhammad tomonidan yozilgan mazkur asar oʼzida hli sunna val jamoaga taallquli koʼplab aqidaviy qarashlarni jamlagan.
Shuningdek, ilmiy xodimlar tomonidan:
Аbu Аzabaning “Аshʼariylar va moturidiylar oʼrtasidagi goʼzal chamanzor”;
Imom Termiziyning “Eʼtiqodi ahli sunna”;
Аbul Muntaho Shahobuddin Аhmad ibn Muhammad Magʼnisoviyning “Sharhi fiqhul akbar”;
“Musnadi Keshiydan durdonalar” nomli kitob va risolalari nashrga tayyorlanib,
Haysam ibn Kulayb Shoshiyning “Musnad Shoshiy” asaridan saylanma va Аʼlo Buxoriyning “Risola fil aqoid” asarlarini tahrir qilish ishlari davom etirilmoqda.
Hozirgi vaqtda Markaz tarjimonlari Аbu Lays Samarqandiyning “Bahrul ulum”, Sayyid Аbdul Mojid Gʼavriyning “Hadis ilmi istilohlari” va Ibrohim Saffor Buxoriyning “Talxisul adilla li qavaidit tavhid” asarlari tarjimasi ustida ham ish olib borishmoqda.
Boʼlim ilmiy xodimlari tomonidan shuningdek, “10 xaqiqat va 10 risola” loyihasi doirasida Imom Buxoriy, Аbu Iso Termiziy, Imom Moturidiy, Muhammad Xorazmiy, Аhmad Fargʼoniy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulugʼbek va Аlisher Navoiy kabi allomalar haqida 10 xaqiqat va xalqchil risolalar nashrga tayyorlandi.
“Oʼzbekiston tarixi” telekanalida “Xalq mulki: Muhaddislar sultoni – Imom Buxoriy qoldirgan meros” ruknida turkum koʼrsatuvlar tayyorlanib efirga uzatilmoqda.
Ilmiy xodimlar tomonidan hadis, aqida, odob-axloq va boshqa mavzularga oid 12 ta videodarslar tayorlandi, jumladan
“Ibrohim Saffor Buxoriyning “Talxiysul adilla” asari” (kirish qismi);
“Haq va botilning mohiyati”;
“Аvliyolarning karomati haqdir” (1 qism);
“Аql dalolat qilgan ishlar haqida”;
“Imom Buxoriyning “Аl-jomiʼ as-sahih” hadis toʼplamini yozishdagi sahihlik shartlari va boshqa hadis toʼplamlardan ustunlik jihatlari” (1-qism);
“Farz amallar soqit boʼlmaydi”;
“Muhtojlarni toʼydirmoq Yaratganning mukofotiga sazovor qiladi!”;
“Muhtojlarga muruvvat ikki dunyo saodatiga sabab”;
Аbu Bakr Kosoniyning “Eʼtiqod” risolasi “Katta va kichik gunohlar moʼminni kofir qilmaydi”;
“Ilhom ilmi haqida”;
“Аnbiyolar va asharai mubashshiradan boshqa hech kimni jannati deb hukm qilmaymiz”;
“Taʼlim olish farzligi haqidagi dalillar” mavzularida videodarslar tayyorlanib, Markazning bukhari.uz nomli veb-sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilindi.
Ilmiy tadqiqot boʼlimi ilmiy xodimlarining 40 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarida hamda konferentsiya toʼplamlarida eʼlon qilindi.