Indoneziya parlamenti parlamentlararo hamkorlik qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Mardani Ali Sera boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot xizmati xabariga koʻra, tashrifning asosiy maqsadi Samarqandning muqaddas ziyoratgohlari bilan tanishishdan iborat. 

Mehmonlar Samarqanddagi ziyoratgohlarda, jumladan, Imom al-Buxoriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Shohi Zinda majmuasi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasida boʻlishdi. Ziyoratchilar Samarqandning qadimiy tarixiy va madaniy yodgorliklaridan katta taassurotlar olishdi.