Indoneziyada o'yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida futbolchi hayotdan ko'z yumdi

    Indoneziyaning “Persikas Subanga” klubi futbolchisi o'yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida vafot etdi.

    Fojia 10-fevral kuni Bandung shahridagi “Silivangi” stadionida uchinchi liganing o'rtoqlik o'yini chog'ida sodir bo'ldi. O'yinning 15-daqiqasida 30 yoshli sportchini chaqmoq urgan. Bungacha ham chaqmoq chaqqan, ular bunga e'tibor berishmadi va o'yinni davom ettirishdi.

    Futbolchi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Biroq uni qutqarib qolishning iloji bo'lmadi – sportchi hayotdan ko'z yumdi, deb xabar beradi mir24.tv.