Penni K. Lukito mazkur vaksinaning I, II va III faza tadqiqotlari uning nojoʻya taʼsirlari kamligini koʻrsatganini hamda vaksinaning 3-dozasidan keyin 7 kun oʻtgach samarasi 81,71% ni tashkil etganini qayd etdi. 

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza sinovlari Indoneziyaning Bandung shahrida oʻtkazilgan boʻlib, unda jami 4000 nafar koʻngilli ishtirok etgan. Jami sinovlarda butun dunyodan 28 ming nafar koʻngillilar qatnashganlar. 

Indoneziya OAVlaridaa xabar berilishicha, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi Covid-19 virusiga qarshi umumiy 92,92% foiz samaradorlikni koʻrsatgan. Indoneziyada shu paytgacha Bio Farma, Moderna, Pfizer, AstraZeneca, Sinopharm, up CanSino kabi vaksinalar qoʻllangan.

Indoneziya Xalqaro Farmatsevtik inspeksiyalar hamkorligi tizimi (Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme PIC/S) aʼzosi boʻlib, mazkur tizim farmatsevtika preparatlarini davlat roʻyxatidan oʻtish davrida ularning sifatini baholovchi, ishlab chiqarish sifatini nazorat qiluvchi organ hisoblanadi. Bu preparatlar inspeksiyasiga qoʻyiladigan talablarning maʼlum standartizatsiyasini nazarda tutadi hamda mahsulot sifatini kafolatlaydi. Shuningdek, PIC/S mamlakatda GMP meʼyorlariga toʻliq rioya qilinishini nazarda tutadi.