HD C-tDCS deb ataladigan yondashuv avvaldan ma'lum bo'lgan nevrologik va psixiatrik holatlarni davolash uchun ishlatilgan invaziv bo'lmagan elektr stimulyatsiyasining bir turi. Mutaxassislar elektr tokining miyadagi qon oqimiga ta'sir qilishini payqashdi. Keyin ular miyaning insultdan ta'sirlangan qismlariga qon oqimini oshirish, shuningdek, miya to'qimalarini shikastlanishdan himoya qilish uchun HD C-tDCS dan foydalanish mumkinligini taklif qilishdi.
Tadqiqotda qon ketish boshlanganidan keyin 24 soat ichida shifoxonaga yotqizilgan, o'tkir insultni boshdan kechirgan o'n nafar bemor ishtirok etdi. Yetti nafar bemor HD C-tDCS muolajasini oldi va uch nafari soxta stimulyatsiya orqali davolandi. Shifokorlar miyaning gemodinamik tasvirlaridan foydalangan holda qurilma ta'sir ko'rsatishi kerak bo'lgan, qon oqimi past bo'lgan insult zonasining joylashuvini aniqlashdi.
Natijalar HD C-tDCS bilan davolangan ishtirokchilarda o'rtacha hisobda insultning yadrosini o'rab turgan miya to'qimalarining taxminan 66 foizi saqlab qolinganini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.