“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi Bosh maslahatchisi Olimjon Jumayev kecha, 29-mart kuni Ispaniyaning ALIANZA DE COMERCIO EURASIATICA (ACE) kompaniyasi Bosh direktori Eduard Gulian va Loyihalar departamenti eksperti Yegor Djunayev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda asosan o‘zbek ipak matolarini Ispaniya bozoriga kiritish, bu borada o‘zaro manfaatli savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, joriy yilda Ispaniyada o‘tkazilishi belgilangan xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.