Sovuq kunlar kelyapti. Odatdagidek, is gazi bilan zaxarlanish holatlariga hozirdanoq guvoh boʻlyapmiz.

- qoʻlbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

- tungi vaqt oʻrnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;

- oshxonada oʻrnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

- isitish pechlari va ularning moʻrilarini sozligiga, ularni turli buyum va toʻsiqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida tozalanishiga alohida eʼtibor bering;

- gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yoʻl qoʻymang;

- xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmang.

Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda salomatligini asrash oʻz qoʻlingizda!