— Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ijtimoiy va huquqiy himoyaga muhtoj ishchilarning ayrim toifalari – ayollar va oilaviy majburiyatlarni bajarish bilan shugʻullanadigan shaxslar, 18 yoshga toʻlmagan ishchilar, nogironlar, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar mehnatini tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari aks etgan.
Masalan, ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy koʻrik va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha boʻsh kunlarni berishi lozim boʻladi.