Unga koʻra, Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 95-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1949-yil, 1-iyul) ratifikatsiya qilindi.
Konvensiya ish beruvchilar tomonidan pul shaklida ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlashga qaratilgan. Konvensiya qoidalari ish haqi toʻlanadigan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. Konvensiya iqtisodiy faoliyatning barcha sohalari va ishchilar toifalariga tatbiq etiladi.
Konvensiyada ish haqini qarz majburiyatlari, tilxat, kupon yoki boshqa shaklda, shuningdek, tarkibida alkogol miqdori yuqori boʻlgan spirtli ichimliklar, organizm uchun zararli giyohvand moddalar koʻrinishida toʻlash taqiqlangan.
Ushbu Konvensiya jahonning 99 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan.