Ishdan tashqari vaqtda oʻtkazilishi belgilangan majlislar bekor qilindi — Agentlik

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ish rejimi masalasida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan maʼlumot berdi.

    Taʼkidlanishicha, ish vaqti meʼyorlariga rioya etilishini monitoring qilish maqsadida @murojaat_argos_bot telegram boti oʻtgan qisqa vaqt davomida 35 ta murojaat kelib tushdi.

    Shundan,
    – 7 ta — ish vaqti rejimiga amal qilmaslik;
    – 5 ta — ish vaqtidan tashqari vaqtda yigʻilishga jalb qilish;
    – 9 ta — ish vaqtidan tashqari vaqtda ishga jalb etish uchun qoʻshimcha haq toʻlash va boshqa masalalar boʻyicha – 14 ta.

    ◽️Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

    – 1 ta — ish vaqti meʼyorlariga amal qilmagan Ish beruvchiga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanildi;
    – 5 ta — aniqlangan holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va ish vaqti meʼyorlariga amal qilish yuzasidan ish beruvchilardan kafolat xatlari olindi;
    – 27 ta — murojaatda koʻtarilgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, jumladan, ish vaqtidan tashqari vaqtda oʻtkazilishi belgilangan majlislar bekor qilindi;
    – 2 ta — ishchi guruh tomonidan oʻrganilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, agar iz davlat fuqarolik xizmatchisi boʻlsangiz va Ish beruvchi Sizni dam olish (bayram) kunlari amaldagi mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishga jalb etayotgan boʻlsa, bu haqda @murojaat_argos_bot orqali xabar berish soʻraldi.