– Toshkentdagi Islom Sivilizatsiyasi markazi Oʻzbekistonning madaniy muloqotni rivojlantirishga sodiqligini tasdiqlagan holda, islom merosini asrab-avaylab, bu boradagi mavjud anʼanalarni targʻib etadigan global markazga aylanishni maqsad qilgan, – deb yozadi muallif. – 2018-yil Ramazon hayiti kuni inshoot poydevoriga tamal toshi qoʻyilgan. Hazrati Imom tarixiy majmuasi hududida joylashgan markazning mahobati har qanday kishini oʻziga rom qiladi...

Anʼanaviy oʻzbek meʼmorchiligi va zamonaviy texnologiyani mujassam etgan markaz uch qavatli keng binodan iborat, baland gumbazli islom dizayni ulugʻvorligini aks ettiradi.

Markazning maqsadi musulmon olimlari mehnatini hujjatlashtirish, UNESCO va ISESCO kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bagʻrikenglikka asoslangan qadriyatlarni targʻib qilishdir.

Markaz asrlar davomida islom sivilizatsiyasi rivojini oʻrganuvchi bir necha asosiy boʻlimni oʻz ichiga olgan. Ikkinchi qavatda noyob eksponatlarga boy keng muzey, kattagina majlislar zali, uchinchi qavatda minglab qoʻlyozmalar, ulkan kutubxona bor.

Ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda, butun dunyo tadqiqotchilari ishtirokida koʻplab loyihalar amalga oshiriladigan ushbu markaz ilmiy va madaniy almashinuv maydoniga aylanishi kutilmoqda.


Hamkorlik materiali