Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan viloyat IIB, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda, Buxoro-Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi “Sirdaryo” YPX maskanida toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro A.R.ga tegishli veterinariya hujjatlari boʻlmagan 313,0 kg isteʼmolga yaroqsiz qoramol goʻshti borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.









