Isteʼmolga yaroqsiz “shaytonning suvi” savdosi bilan shugʻillanganlar ushlandi

    Buxoro shahrida isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgan shaxslar aniqlanib, tegishli tartibda qoʻlga olindi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.S.” MChJ rahbari L.Y. va boshqalar MChJ savdo doʻkoni va yertoʻlasida 8 turdagi jami 1 395 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini hamda 570 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.