Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.R. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yogʻ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.
Ushbu sexdan 717 kg chigit, 1 126 kg qoʻlbola usulda tayyorlangan yogʻ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.