баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan sambochilarimizga pul mukofotlari topshirildi

    Avvalroq xabar berganimizdek, sambo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi.

    Shundan so‘ng sportchilar Turizm va sport vazirligi binosiga taklif etildi va maxsus pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Mukofotlarni o‘z egalariga Turizm va sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Qosimov topshirdi va sportchilarni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklab, minnatdorlik bildirdi.

    Maʼlumot uchun, jahon chempioni bo‘lgan sambochilarimiz 10 mln so‘m, kumush medal egalari 5 mln so‘m, bronza medalini qo‘lga kiritganlar esa 3 mln so‘m miqdoridagi mukofotga ega bo‘lishdi.

    O‘z navbatida taqdirlanganlar ham sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratib berilgan imkoniyatlar uchun mutasaddilarga minnatdorlik izhor etdi.