O‘zbekistonda «To‘siqsiz turizm» dasturi amalga oshiriladi

    Turizm 30 Iyul 2023 1791

    2024-yil 1-yanvardan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan «To‘siqsiz turizm» dasturi amalga oshiriladi.

    Dastur doirasida har yili «Sayohat barcha uchun!» loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning respublikaning turizm

    salohiyati yuqori bo‘lgan shaharlariga bepul sayohatlari tashkil etiladi.

    Shuningdek, turizm, madaniy meros, konsert-tomosha ob'ektlari hamda aeroport, avto va temir yo‘l vokzallarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish mexanizmlari joriy etiladi, deb xabar beradi Madaniyat va Turizm vazirligi matbuot xizmati.